MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI

Main Article Content

Abdullayeva Nafisa Yusupovna
Husanboyeva Dilshodaxon Zohidjon qizi

Abstract

Bolalarni maktabga tayyorlash maktabgacha tarbiya muassasining muhim vazifalaridan biridir. Agar bolalar maktabgacha tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, maktab ta'limi ham yuqoriroq darajaga ko’tariladi, maktab ta'limining samaraliroq bo’lishi ta'minlanadi. Bolalar bog’chasi va maktab hamkorligi muammolarini o’rganishga qaratilgan psixologik va pedagogik tadqiqotlar, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, aqliy, ahloqiy, mehnat va estetik tarbiyalari maktabda muvaffakiyatli ta'lim olishida katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Maxsus pedagogika va psixologiya sohasida bolalar bog’chasi va maktab faoliyatining hamkorlik muammolari mavzusiga A.G. Basova, N.I.Belova, N.G. Butkevich, A.M. Goldberg, B.D. Korsunskaya, N.G. Morozova, L.P. Noskova, O.M. Potapovalarning ilmiy izlanishlari baqishlanadi. Ko’pgina tadqiqotchilar eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ertaroq nutqqa o’rgatish zarurligi haqida fikr bildiradilar. Mualliflarning to’g’ri ta'kidlashicha, tilga o’rgatib eshitishda nuqsoni bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur rivojlanishidagi qator qiyinchiliklar еngiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalar va maktab ishidagi uzviylik ikki tomonlama jarayon bo’lib, unda har ikki tomon vakillari faol qatnashadilar: bir tomon bolalarni hozirgi boshlanqich ta'lim talablarini hisobga olib ta'limga tayyorlaydi, ikkinchi tomon bolalar bog’chasida egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarini ta'limning keyingi bosqichlarida takomillashtiradi. Ta'lim-tarbiya mazmuni, vazifalari, shakl va usullarining uzviyligini o’rnatish bolalar bog’chasi va maktab hamkorligining zarur sharti hisoblanadi.

Article Details

How to Cite
Abdullayeva Nafisa Yusupovna, & Husanboyeva Dilshodaxon Zohidjon qizi. (2022). MAKTABGACHA YOSHDAGI ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI. American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 6, 39–42. Retrieved from https://ajird.journalspark.org/index.php/ajird/article/view/166
Section
Articles

Most read articles by the same author(s)